Joriy yilning 13-fevral kuni Iinstitutning Nukus filialida fevral oyi tinglovchilari uchun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Badiiy kechada “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi p.f.b.f.d (PhD) Q.Primbetov, Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoli va ijodi biz uchun buyuk madaniyat, oliy darajadagi sharqona odob va axloq timsoli ekanligini, uning ma’naviy hayotimizdagi o’rni beqiyosligi haqida aytib o‘tdilar.




