🗣 Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Nukus filialida sayyor qabul tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori I. Tursunaliev, Akademiyaning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z. Rasulov, institut rektori A. Amonov, institutning Nukus filiali direktori Q. Mamutov hamda mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.
✅Sayyor qabul davomida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yangiliklar, Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar, shuningdek, yangi qabul qilingan qaror va qonunlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, tinglovchilarning savollari, taklif va istaklari tinglanib, ular yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.




