Nukus filialiada ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 9-aprel kuni Nukus filialida 9-aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga filial professor o‘qituvchilari, xodimlari, aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri PhD E.Tleuov tomonidan Konstitutsiya va uning jamiyatimiz uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Nukus filialiada ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.