2021-yil 28-oktabr kuni soat 10:00 da Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining navbatdagi 10-sonli Ilmiy-metodik kengash (onlayn) yig‘ilishi Nukus filiali faollar zalida tashkil etildi. Ko‘chma Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishini Kengash raisi, professor I.Tursunaliyev ochib berib, Kengash a’zolarini kun tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek Nukus filialida keng ko‘lamda olib borilgan qurilish va obodonchilik borasidagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tib, bu borada jonbozlik ko‘rsatgan Nukus filiali rahbariyati va jamoasiga Ilmiy-metodik kengash a’zolari nomidan minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash o‘z faoliyatini boshladi va kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Ilmiy kengash oqirida O‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash, kelishuvga kiritish hamda o‘quv adabiyotlarini nashr etishga tavsiya etish to‘g‘risida Direktorning ilmiy-metodik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Z.Rasulov so‘zga chiqib Kengash a’zolarini Insitut va uning filiallari professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 1 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta izohli lug‘at hamda sport ta’lim muassalari instruktor-metodistlari tomonidan tayyorlangan 9 ta uslubiy qo‘llanmalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Kengash yakunida Kengash raisi, professor I.Tursunaliyev so‘zga chiqib Kengash a’zolariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar.





