«NAVRO‘Z» BAYRAMI TADBIRI

Nukus filialida joriy yilning 18-mart kuni «Navro‘z» bayrami tadbirlari tashkil etildi. Erta tongdan bayram tadbiri tayyorgarligi boshalanib ketdi. Bir tarafda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak, bir tarafda osh, bir tarafda esa milliy taomlar bilan bezalgan dasturxon va milliy kiyimlarni kiygan qizlar ko‘zni quvnatadi. Bahoriy kayfiyat bilan boshlangan bayram tadbirida mart oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar faol qatnashdi. Malaka oshirish kursi guruhlari orasida  milliy sport oyinlari  langa, armrestling, tosh ko’tarish, arqon tortish, kurash, darts  bo‘yicha musoboqalar  tashkil etildi. G‘olib bo‘lganlarga esdalik savg‘olar berildi. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘yin kulgu bilan kechgacha davom etdi.