KUTUBXONA ADABIYOTLARI BILAN TANISHTIRILDI

Joriy yilning 15- sentyabr kuni Nukus filiali “Jismoniy  tarbiya,  sport nazariyasi  va  uslubiyati”  kafedrasi assistent o‘qituvchisi A.A. Xojametov sentabr oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilarni filial kutubxonasi fondidan joy olgan filial professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari filial  kutubxonachisi N.Dawenova filialning  elektron kutubxonasi  https://t.me/kutubxona_malaka_oshirish_nukus telegram sahifasi,  sportedun.uz elektron saytiga joylashtirilgan sohaga oid adabiyotlar va badiiy adabiyotlar bilan ham tanishtirib o‘tdilar.