SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 23-sentabr kuni “Sport psixologiyasi va ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Orazbaeva Navbahor tomonidan sentabr oyi Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari yonalishi tinglovchilari bilan birgalikda Nukus shahar I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga sayohat tashkillashtirildi. Sayohat tinglovchilarda chuqur tafsilotlar qoldirdi. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyi — respublikadagi yirik muzeylardan bo‘lib Nukus shahrida 1966-yilda tashkil topgan va 1984-yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning saʼy-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan. Ushbu Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi “The Guardian” gazetasi tomonidan “Dunyodagi eng ajoyib muzeylardan biri” va “Nyu-York Tayms” jurnali tomonidan “Ko’rish kerak bo’lgan joy” deb e’tirof etilgan.