Nukus filialida joriy yilning 9-dekabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n A.N.Tleubergenova tomonidan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan”filialda tinglovchilar va xodimlar orasida seminar tashkil etildi. Seminarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta’siri borasida tushunchalar berildi.




