Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 30-yanvar kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n N.Tleubergenova tomonidan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tug’ilgan kuni munosabati bilan filial xodimlari va yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga onlayn ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning umir yoli va davlatimiz taraqqiyoti yolidagi mehnatlari, yaratgan asarlari haqida aytib o‘tildi.




