O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida filial sport targʻibotchisi A. Shilmanov tomonidan joriy yilning 20-aprel kuni filial xodimlari va aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari oʻrtasida Shaxmat sport turi boʻyicha filial birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yakunida gʻoliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.





