Nukus filialida ochiq dars boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi assistent oʻqituvchisi Axmedova Muxabbat Axmedovna tomonidan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” II guruhiga Yosh davrlari psixologiyasi modulidan, “Yosh davrlarini tabaqalanishi va psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o‘tildi.

Ochiq darsda yosh davrlarini tabaqalanishi va psixologik xususiyatlari haqida maʼlumotlar berildi va mavzuga bogʻliq videorolik orqali tinglovchilar qoshimcha tushunchalar olishdi.