Bugun Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida “1-oktyabr – Ustozlar va murabbiylar” kuni munosabati bilan bir qator ustozlar unvon va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Mukofotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi boshlig‘i Amanbay O‘rinbayev o‘z qo‘llari bilan egalariga topshirdilar.
Shular qatorida Nukus filiali “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi, sport faxriysi Perdebay Shilmanov “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Uztozni faxriy unvon bilan tabriklaymiz. Ta’lim sohasidagi olib borayotgan ilmiy-pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.




