Nukus filialida “Huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2023-yil 14-oktabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi xodimlari tomonidan 2023-yil 6-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 29-sentabrdagi 01/1239/-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi U-109-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida “Huquqbuzarlik va korrupsiyaning oldini olish” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Seminarga Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, dotsent Erkin Tlewov taklif qilindi. Seminarga “Sport turlari bo‘yicha trenerlar”, filial professor – o‘qituvchilari va xodimlar ishtirok etdi.