Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori, Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-avgustdagi 01/1129-A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 24-oktabr kuni Nukus filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Shamuratova Muazzamxon tomonidan Buxoro shahr EVEREST nomli hususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Boshlang‘ich gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyati” modulidan 3+1 tizimi asosida amaliy mashgʻulot tashkil qilindi.




