Nukus filialida atrofni “Yashil makonga aylantiramiz” shiori ostida hashar o’tkazildi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni atrofni “Yashil makonga aylantiramiz” shiori ostida Nukus filialida filial xodimlari ishtirokida hashar o’tkazildi. Filial yon atrofiga jami 78 ta manzarali daraxtlar, archa daraxtlari ekildi. Daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlari olib borildi.
Bosh turgan joylarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish maqsadida tuproq, shag‘al, rakushka, o‘simliklar uchun o‘g‘itlar tushirildi. Notekis joylardagi maxsus texnika yordamida tekislandi.