Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport maxorati maktabida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 95 ball to‘plagan “Boks” sport turi bo‘yicha malakali trener Jumabev Maxsetbay Charsenbaevich tomonidan 18-yanvar kuni Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport maxorati maktabida “Boks” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Djalimov, va sportchilar ishtirok etdilar.