Bugun 21-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Oʻzbek titli va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi R. Madaminova qatnashib tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabrikladi va davlat tiliga ehtirom va sadoqat ona yurtga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozimligi takror ta’kidlandi. Tadbir yakunida fikr-mulohazalar almashildi.




