O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida oktabr oyi malaka oshirish kursi Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘nalishi tinglovchilari o‘rtasida joriy yilning 25-oktabr kuni filial sport targʻibotchisi O.Omirzaqov tomonidan sportning “Voleybol”, “Futbol” turlaridan musobaqa tashkil etildi.




