Nukus filialida karate sport turi bo‘yicha trener va mutaxassislar salohiyatlarini oshirish bo‘yicha institutda bo‘lib o‘tayotgan seminar treningda onlayn shaklda ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Karate (VKF) sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-356-son qaroriga ko‘ra 2024-yil 12-15 mart kunlari Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan seminar-treningda, institutning Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Buxoro viloyatlari karate sport turi bo‘yicha trenerlari va mutaxassislari ushbu seminarda onlayn tarzda ishtirok etmoqda.