O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 90 ball to‘plagan “Badiiy gimnastika” sport turi bo‘yicha malakali trener Ro‘zmetova Feruza Baxodirovna tomonidan 29-mart kuni Nukus shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Badiiy gimnastika” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchilari D.Bekmuratov, I. Baymuratov va sportchilar ishtirok etdilar.




