Kitob taqdimoti

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2025-yilning 28-noyabr kuni “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) P.Bazarbayevning “Yosh gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish” monografiyasi va qoraqalpoq tilidagi “Sport sheberligin asırıw (Gandbol)” uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda muallif tomonidan yaratilgan adabiyotlarning qisqacha mazmun-mohiyati haqida aytib o‘tildi va filial professor-oʻqituvchilari hamda xodimlarining qiziqqan savollariga javob berdilar. Yangi adabiyotlar kutubxona fondidan joy oldi.