Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-martdagi “Turizm va sport vazirligining 2021-yil 28-dekabrdagi 926-ISH-sonli buyrugʻi va Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2022-yil 4-aprel U-26-sonli buyrugʻining ijrosini ta’minlash maqsadida, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Instituti Nukus filiali tomonidan joriy iylning iyun oyida Buxoro viloyati Buxoro shaxrida ko‘chma malaka oshirish jarayoni boshlandi. Nukus filialining ko‘shma malaka oshirish kurslari Buxora shahar Olimpiya va Paralimpiya kolleji o‘quv binosida “Sport talim muassasalarining trener o‘qituvchilari” yo‘nalishi va “Umum talim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari” yo‘nalishlari uchun ko‘chma malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Ko‘chma malaka oshirish kursi jarayonida amaliy darslar Buxora shahrida joylashgan Sport maktablari zallarida tashkil etilmoqda. Jumladan “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” moduli bo‘yicha amaliy darslar “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi assistent o‘qituvchisi M.Atashov tomonidan Buxoro shahar “Gimnastika” sport maktabi zalida tashkil etildi.



