Nukus filialida seminar tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial xodimlarining xorijiy tillarni o‘zlashtirishi uchun har hafta payshanba kuni “Til o‘rganish kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 20-aprel kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi assistent o‘qituvchisi K.Kojambergenova tomonidan filial xodimlari uchun «What is IELTS?» mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.