📌Nukus filialida 3+1 tizimi asosida amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida bugun 24-aprel kuni Buxoro sharida aprel oyi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi asosida malaka oshirish kursi amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.

Amaliy mashg‘ulotlarning sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J.Kaypov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsent v.b A.Shilmanov va professor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari hamda tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi.