Nukus filialida ochiq dars o‘tkazildi.

Joriy yilning 4-oktabr kuni Nukus filialida “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi Erkin kurash va Yunon rum kurashi guruhi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi oʻqituvchisi p.f.b.f.d (PhD), dotsent v.b Xojametov Ajiniyaz Andriyanovich tomonidan “Sport inshootlari” moduli boʻyicha “Sport inshootlari haqida umumiy tushuncha” mavzusidagi ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi va tinglovchilarga sport inshootlari haqida keng tushunchalar berildi.