Scientific conferences

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.


Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2024- yil 10-11 may kunlari “JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA UZLUKSIZ KASBIY TAʼLIM TIZIMINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani ochiq deb eʼlon qilindi.
Anjumanni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoa birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi Romanov Tajibay Nietullayevich ochib bedi va bugungi o‘tkazilayotgan anjumanning sohadagi ahamiyati va dolzarbligi haqida aytib o‘tdilar.
Bundan keyin anjumanga tashrif buyurgan mehmonlarga so‘z berildi.
Bugungi anjumanda Rossiya Belorussiya, Turkiya,Yaponiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari Oliy taʼlim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari vakillari va Sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etmoqda.


Belarus Respublikasi Polessk davlat universiteti Jismoniy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi dotsenti, Tibbiyot fanlari nomzodi Marinich Vitaliy Vladimirovich “Особенности психологического состояния юных футболистов” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi JTSBMQTMOI “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafеdrasi profеssori, pеdagogika fanlari nomzodi Talipdjanov Askar Imamdjanovich “Yuqori malakali futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini nazorat va tahlil qilish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Turkiya Respublikasi Sabahattin Zaim universiteti o‘qituvchisi Abdusselam Kose “Recreation & Leisure trends in relation to major changes in Turkish Society and Participation of outdoor Sports” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.