O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 14-yanvar kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi dots. E.Tleuov va kafedra mudiri T.f.n N.Tlewbergenovalar tomonidan onlayn seminar tashkil etildi. Seminarga yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari va filial professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdilar.




