Nukus filialida “Kiberxavfsizlik va uning salbiy taʼsiri” mavzusida seminar tashkil etildi

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Joriy yilning 23-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida tinglovchilarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali “Axborot xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchisi N.Asenbayev tomonidan “Kiberxavfsizlik va uning salbiy taʼsiri” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda inson omili tufayli turli joylar va holatlarda xavfsizlik muammolarining kelib chiqishi, fishing, preteksting, shuningdek plastik kartalardan pullar og‘irlanishi va undan qanday himoyalanish yollari haqida keng maʼlumotlar berildi.