Yangi  qo‘llanmalar taqdimoti

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Shilmanovning “Mektepke shekemgi bilimlendiriw sho‘lkemlerinde fizikalıq shınıg‘ıwlardı ham milliy hareketli oyınlardı paydalanıw usılları” nomli qoraqalpoq  tilidagi uslubiy qo‘llanmasi va “Sport psixologiyasi ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Orazbaevaning “Sport fiziologiyasi” nomli qoraqalpoq  tilidagi o‘quv qo‘llanmalari  nashrdan chiqdi. Shu munosabat bilan joriy yilning 27-dekabr kuni filial kutubxonachisi  N.Dauenova tomonidan dekabr  oyida malaka oshirish kursi  tinglovchilariga o‘quv qo‘llanmalar taqdimoti tashkil etildi. Taqdimotda qoʻllanmalarning mualliflari ishtirok etishdi. Mualliflar tinglovchilar bilan qo‘llanmalar haqida suhbatlashdi. Yangi  qo‘llanmalar  kutubxona fondidan joy oldi.