YIL YAKUNLARI BO‘YICHA HISOBOT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallari kesimida 2022 -yil 29- dekabr kuni kengaytirilgan Ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, professor I.Tursunaliyev kirib kelayotgan yangi yil bilan institut va filiallarning barcha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Kengashda 2022-yil davomida ish samaradorligini oshirishga hizmat qilgan Nukus filialidan professor-o‘qituvchilarni quyidagi nominatsiyalar asosida diplom bilan taqdirladilar.
2022-yilning eng faol o‘qituvchisi –Orazbaeva Navbahor Mratbaevna.
2022-yilning eng faol kafedrasi – “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Bazarbaev Paraxat Amangeldievich
2022-yilning eng faol bo‘limi – “Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish” bo‘limi boshligʻi Kaypov Jahonger Abdikadirovich.