Nukus filialida “Sportchilarning musobaqa oldidagi psixologik holatini kuzatish” mavzusida seminar tashkil etildi

Sorry, this entry is only available in Qaraqalpaqsha and O`zbekcha.

Joriy yilning 11-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilish maqsadida “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” yo‘nalishi «Badminton» guruhi tinglovchilari uchun O‘zbekiston Badminton federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ijrochi direktori R.Atajanov ishtirokida “Sportchilarning musobaqa oldidagi psixologik holatini kuzatish” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida mutaxassis tomonidan mavzuga oid maʼlumotlar aytildi va hozirgi kunda ushbu mutaxassislikda taʼlim olayotgan yosh iqtidorli, yuqori natijalarga erishgan sportchilar yutuqlari haqida aytib o‘tildi.