#mahorat_darsi #Nukus_filiali


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining sentyabr oyi tinglovchisi — Bog‘ot tumani sport maktabi “O‘zbek jang san’ati” sport turi bo‘yicha oliy toifali murabbiy, sport ustaligiga nomzod, 7 nafar Osiyo chempioni va 6 nafar O‘zbekiston chempionini tayyorlagan Raximberdiyev Nizomaddin Ilxom o‘g‘li tomonidan “O‘zbek jang san’atida kompleks mashqlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur mahorat darsida ushbu sport turida qo‘llaniladigan mashqlar hamda ularni samarali tashkil etish va to‘g‘ri qo‘llash usullari bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.