#Nukus_filiali

#Nukus_filiali
Ustozlar munosib taqdirlandi
Joriy yilning 29-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 1- oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘shlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan bir qator ustoz va murabbiylar bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shular qatorida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali o‘qituvchisi p.f.b.f.d PhD P.Bazarbayev ham ilm fan va sport sohasidagi qilgan mehnatlari uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.