Badiiy kecha

Joriy yilning 9-fevral kuni Institutning Nukus filiali kutubxonasida, fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “9-fevral Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi” munosabati bilan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Badiiy kechada Alisher Navoiyning hayoti va bebaho ijodiy-ilmiy merosi jahon adabiyoti tarixida hamda milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi haqida to‘xtalib o‘tishdi va Alisher Navoiy qalamiga mansub she’r va g‘azallaridan namunalar o‘qishdi.