institutning Nukus filialida “Sport ta’lim muassasalarining trenerlari” yo‘nalishi Belbog‘li kurash va sambo guruhi tinglovchilari uchun filial o‘qituvchisi N.Turdambetov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, Oliy toifali trener S.Yusupov ishtirokida “Sportchilarning musobaqa oldidagi psixologik holatini kuzatish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda sportchilarni musobaqaga tayyorlashda ular bilan ishlash usul va tajriybalar, Belbog‘li kurash va sambo sportining rivojlanishi, yaratilgan shart-sharoitlar, sportchilarimizning yutuqlari haqida fikr-mulohazalar yuritildi.




