🗓 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti Q.Primbetov ochib berdi. U milliy qadriyatlarimiz va ajdodlar merosini o‘rganish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi va Amir Temurning hayoti, harbiy iste’dodi va Temuriylar sulolasi asoschisi sifatidagi faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.




