2021 yil 24 sentyabr kuni filial xodimlar va sentyabr oyi “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo’nalishi tinglovchilariga 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Yerkin Tleuov tomonidan Prezident saylovining ahamiyati, o‘ziga xos jihatlari, Saylov kodeksi, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini, Prezident saylovi yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tkazilishi haqida keng tushuntirildi.




