Joriy yilning 11–yanvar kuni 10:00 da Buxoro viloyati Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining faollar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279-son “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-5280-son “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi, PQ-5281-sonli “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi hamda “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qarorlari hamda Turizm va sport vazirligining 2021-yil 9-dekabrdagi “Tizimdagi davlat sport-taʼlim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 873-I/Ch-son va Turizm va sport vazirligining 2021-yil 30-dekabrdagi “Turizm va sport vazirligining 873-I/Ch-son buyrugʻiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 933-I/Ch-sonli buyruqlarining mazmun-mohiyatini soha vakillari va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari I.Mirzayev, bosh boshqarma yuristi Sh.Raximov, bosh boshqarmaning kadrlar boʻyicha bosh mutaxassisi B.Juraev va Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali ma’sul xodimlari A.Xojametov va B.Jienbaevlar ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Seminarni I.Mirzayev olib bordi, U oʻz soʻzida Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlari bo‘yicha savollar bo‘lsa, javob olishlari mumkinligi hamda sohani kelgusida yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Bu seminarga jadval asosida Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Kogon, Buxoro tumanlari va Buxoro shahridan kelgan Turizm va sport boʻlim boshliqlari




