Nukus filiali sporat targ‘ibotchisi A.Shilmanov tomonidan 21-22-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va filialning ish rejasida belgilangan “Xodimlarning ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shug‘ullanishini ta’minlash” maqsadida “Voleybol” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkel etildi. Musobaqaga filial xodimlari va oktabr oyida Buxora shahrida tashkil etilgan ko‘chma malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdilar.
Musaboqaga 10 nafar ishtirokchidan iborat 8 guruh jamoa bo‘lib qatnashdi. Musobaqa yakunida 1- o‘rinni “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi 2-guruh tinglovchilari;
2-o‘rinni “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi 1-guruh tinglovchilari;
3-o‘rinni “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar yo‘nalishi “Tennis” guruh tinglovchilari egalladi va filial tomanidan “Diplom” bilan taqdirlandi.




