10-DEKABR OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN”

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kuniga 30 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Nukus filialida joriy yilning 10-dekabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy – tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n A.N.Tleubergenova tomonidan filial xodimlari va dekabr oyi tinglovchilariga ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Qonunga koʻra, Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. Davlat madhiyasiga kuchli ehtirom bilan qarash Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.