O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nukus filialida joriy yilning 23-dekabr kuni filial xodimlari va dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari oʻrtasida “Shaxmat” sport turi boʻyicha “Filial birinchiligi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa yakunida gʻoliblarga esdalik sovgʻalar berildi.



