


2020-yilda Jismoniy tarbiya va sport sohasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son, “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son, “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 4-yanvardagi PQ-4583-son, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son, “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son hamda Vazirlar Mahkamasining 13 ta qarori qabul qilingan farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini Xorezm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimidagi barcha sport ta’lim muassasalari rahbarlari va trenerlariga tushuntirish hamda ularing huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Nukus filiali ma’muriyati tomonidan joriy yilning 24-mart kuni Xorezm viloyatida o’quv seminar va o’quv-trening tashkil etildi.O’quv seminar va o’quv-treningda Xorezm viloyati Jismoniy tabiya va sport boshqamasi boshlig’i U.Azizov, Nukus filial direktori Q.Mamutov, o’quv bo’limi boshlig’i J.Kaipov, professor o’qituvchilar P.Bazarbaev, B.Jienbaev va A.Xojametovlar o’z bayonatlari bilan qatnashdi.



