Nukus filiali xodimlari ortasida musobaqa tashkil etildi.

Ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) barcha filial rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlari ortasida “Voleybol” va “Stritbol” sport turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.