14-yanvar kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2024-yil 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan filial xodimlari o‘rtasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n dotsent N.Tleubergenova olib bordi va barchani bugungi bayram bilan tabrikladi va vatan uchun xizmat burchini chin dildan ado etayotgan harbiylarimiz haqida fikrlar bildirdi.