Joriy yilning 15-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Shamuratova Muazzam tomonidan Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi yo‘nalishi Kurash guruhi tinglovchilari uchun “Sport mashg‘uloti nazariyasi va uslubiyati” modulidan Nukus shahar 2-sonli sport maktabi kurash zalida ko‘chma mashg‘ulot darsi tashkil etildi. Ko‘chma mashg‘ulot davomida tinglovchilar sport mashg‘ulotlarida yuklama va uni sportchilar organizmiga tasiri mavzusi doirasida amaliy mashg‘ulotlar bajardilar.




