Nukus shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 93 ball toʻplagan “Chim ustida xokkey” sport turi bo‘yicha malakali trener Yusupova Umida Yaxyoevna tomonidan 11-sentabr kuni Nukus shahar Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida “Chim ustida xokkey” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.