“Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” marafoni

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 24-sentabr kuni Xorazm viloyatida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlari va Xorazm sharida tashkil etiladigan sentabr oyi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yo‘nalishlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.