O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali noyabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 93 ball toʻplagan “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha malakali trener Kazakova Saida Omonovna tomonidan Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida “Stol tennisi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.




