O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchisi.
Matkarimov Azamat Tajetdinovich — Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy mahorat sport maktabi Boks sport turidan oliy toifali trener. 1 nafar Oʻzbekiston chempioni chiqargan. Oʻzbekiston milliy terma jamoa asosiy tarkibida 3 nafar, zaxira tarkibida 3 nafar shogirdlari bor.
Boks sport turidan “Himoya usullari: qo‘l bilan to‘sish, qochish, egilish, chekinish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida boks sportida himoya usullari va xavfsizlik texnikalari bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.




