Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi «Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PQ-443-son Qaroriga koʻra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilangan, shu munosabat bilan joriy yilning 4-dekabr kuni institutning Nukus filialida sport targʻibotchisi J.Xudaybergenov tomonidan filial professor-o‘qituvchilar va dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida “Voleybol” va “Stritbol” sport turlaridan musobaqa tashkil etildi.




